"U men uchun qiyin raqib bo'lishi mumkin". Yan Makgregor bilan jang ehtimolini baholadi
30 YANVAR, 2026, 09:48
UFC chempioni Pyotr Yan Konor Makgregorga qarshi jang o'tkazish ehtimoli haqida gapirdi."Bu jang bo'lishi mumkinmi? Ehtimoli juda kam. Makgregorning boksi yaxshi. Agar u mashg'ulotlarga to'liq kirishsa, men uchun juda qiyin raqibga aylanishi mumkin. Qo'llari uzun, zarbani his qiladi… Lekin yana yosh, tayyorgarlik darajasi kabi omillar bor. Bosim, chidamkorlik va istak orqali g'alaba qozonilgan misollar juda ko'p", — dedi Yan.
Manba: olamsport.com
