"Brayton" "Nottingem Forest"ning 20 million funtlik taklifini rad etdi
29 YANVAR, 2026, 23:18
"Nottingem Forest" "Brayton" markaziy yarim himoyachisi Yasin Ayarini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rdi.
Goal xabariga ko'ra, "o'rmonchilar" 22 yoshli shvetsiyalik xavbek uchun 20 million funt taklif qilgan. "Chaykalar" bu taklifga rad javobini bergan.
Ayari hozirda 30 million evroga baholanmoqda. Uning 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. U joriy mavsumda 23 ta o'yinda 4 ta gol urib, 1 ta assist berdi.
