logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa» sport direktori Droning «PSJ»ga o'tib ketganiga munosabat bildirdi

 29 YANVAR, 2026, 18:18

"Barselona" sport direktori Deku hujumkor yarim himoyachi Droning "PSJ"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

18 yoshli futbolchi kuni kecha parijliklar bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Frantsiya grandi "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi uchun 8 mln evrodan ko'proq pul to'ladi.

"Agar men yosh futbolchi bo'lganimda va "Barselona"da o'ynaganimda, hech qaerga ketmagan bo'lardim, lekin har kim o'zi hal qiladi. Tashqi ta'sir omillari borligini hamma yaxshi biladi. Ota-onasi bilan bog'liqmi, bilmadim, lekin bu uning muammosi - gap moliyada emas. Dro o'zining rivojlanishidan mamnun deb umid qilaman. Ba'zida o'yinchilar noto'g'ri muhitga tushib qolishadi," - deya Dekuning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Dro Fernandes "Barselona" asosiy jamoasi safida beshta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ