Australian Open. Sobolenko - Cvitolina uchrashuvida ilk finalchi aniqlandi
29 YANVAR, 2026, 16:48
Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.Ayollar o'rtasidagi musobaqada ilk finalchi malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi ortiqcha qiyinchiliksiz final chiptasini qo'lga kiritdi. Belaruslik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Elina faqat bir marotaba zafar quchgan. Qolgan 6 ta bahsda Arinaning qo'li baland kelgan. Etmish etti daqiqa davom etgan uchrashuvda Sobolenko 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'yib, 4 ta breykdan unumli foydalandi, eys zarbasini esa ijro eta olmadi. Svitolina esa 2 ta eys, 1 ta breyk qayd etib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Elina Svitolina "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi oxirgi 4 ta 1/2 final uchrashuvlarida 3 marotaba mag'lub bo'lgan. Sobolenko esa faoliyatida to'rtinchi bor Avstraliya Ochiq chempionati finalida o'ynaydi. Uning Australian Open — 2026 bosh sovrini uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibasi Jessika Pegula (AQSH) — Elena Ribakina (Qozog'iston) qarama-qarshiligida aniqlanadi.

Manba: olamsport.com
