Ispaniya terma jamoasi etakchisining JCH-2026`da ishtirok etishi so'roq ostida
29 YANVAR, 2026, 16:32
"Atletik" Bilbao va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams pubalgiya (chov sohasining surunkali jarohati)dan tiklanish jarayonida jiddiy asoratlarga duch keldi."Marca" malumotlariga ko'ra, Uilyamsning ahvoli nafaqat yaxshilanmayapti, balki tobora yomonlashmoqda. Bu esa uning mavsumning hal qiluvchi qismida ishtirok etishini xavf ostiga qo'yapti va terma jamoa murabbiylar shtabida jiddiy havotir uyg'otmoqda.
Jahon chempionati arafasida futbolchining tibbiy jamoasi va unga yaqinlar jarrohlik amaliyoti o'tkazish ehtimolini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu muammoni to'liq hal qilish va vingerni doimiy og'riqdan xalos etishning yagona yo'li bo'lishi mumkin, chunki aynan shu og'riq unga odatdagi saviyada o'ynashga xalal bermoqda.
Endi Niko oldida og'ir tanlov turibdi: qaytalanish xavfi bilan konservativ davolanishni davom ettirish yoki Jahon chempionati boshlanguncha tiklanish umidida jarrohlik amaliyotiga rozi bo'lish.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
