logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLning bir nechta klublari "Real"ga Bellingem uchun 100 million evrodan ko'proq taklif qilishdi

 29 YANVAR, 2026, 15:48

"Real" yarimhimoyachisi Jud Bellingem faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

El Nacional xabariga ko'ra, so'nggi bir necha hafta ichida Angliya premer-ligasining bir nechta nomi oshkor etilmagan jamoalari xavbek transferi bo'yicha 100 million evrodan ortiq taklif bilan chiqqan. Madrid klubi Bellingemning o'yini yaxshilanmasa, shunday takliflardan birini qabul qilish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin.

Jud Bellingem 2023 yilda "Borussiya" Dortmunddan 127 million evro evaziga "Real"ga o'tgandi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ