Kivu: "Biz to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga chiqishga loyiq edik"
29 YANVAR, 2026, 13:06
Milanning "Inter" klubi Dortmundda "Borussiya" ustidan g'alaba qozondi, ammo bu klubning to'g'ridan-to'g'ri keyingi bosqichga chiqishiga yordam bermadi. "Inter" ustozi Kristian Kivu vaziyatga izoh berdi, uning fikricha, shogirdlari to'g'ridan-to'g'ri keyingi bosqichga chiqishga loyiq edi.
"Loyiq bo'lgan 3 ochkoni oldik. Jiddiy o'yin o'tkazdik. Umuman olganda, menimcha, biz EChL umumiy bosqichini yaxshi o'tkazdik" - deya Kivuning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
