logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Reshfordning o'yiniga baho berdi

 29 YANVAR, 2026, 12:48

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasidan o'rin olgan "Kopengagen"ga (4:1) qarshi o'yindan so'ng Markus Reshford haqidagi savolga javob berdi.

Aynan angliyalik vinger 85-daqiqada jarima zarbasidan aniq zarba yo'llab, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. O'yin yakuniga 13 daqiqa qolganida 28 yoshli futbolchi zaxiradan maydonga tushgandi.

"Men Reshforddan juda mamnunman. Tezlik, yakun, nazorat. U haqiqatan ham ajoyib fazilatlarga ega," - deya Flikning izohlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida beshinchi o'rinni egalladi va turnirning 1/8 finaliga yo'l oldi.

Markus Reshford "ko'k-anorranglilar" safida "Manchester Yunayted"dan ijara asosida to'p surmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ