logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Carukyan: "Pimblett 5-6 yil dam olishi kerak. U avval ham ahmoq edi"

 29 YANVAR, 2026, 11:48

UFC jangchisi Arman Carukyan Peddi Pimblettning Jastin Getjiga mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

— U jangda seni hayratga solgan jihat bo'ldimi?

— Ha, Peddi 15 marta yiqilgani meni hayratga soldi. Bu aqlga sig'maydi! U endi bunday jangdan keyin 5-6 yil tanaffus olishi kerak. 15 marta yiqilish miya uchun juda zararli. U oldin ham unchalik aqlli emas edi, endi bu jangdan keyin umuman ahmoq bo'lib qolishi mumkin.


— Uning mag'lubiyati seni ranjitdimi? Agar u yutganida, sen u bilan jang qilishing mumkin edi-ku.

— Yo'q. Aksincha, uni yanada qattiqroq "yorib tashlashlarini" istardim.


— Jangni ko'rdingmi? U shunchalik yomonmi?

— U dahshatli. Men umuman u yomon jangchi demayapman. Islam yaxshi jangchi, Oliveyra yaxshi jangchi, Xollouey yaxshi jangchi, Pore yaxshi jangchi. Lekin bu "axlat" — nol darajadagi jangchi. Bu nafratim uchun emas, shundayligidan. Agar menga Peddini berishsa, jang paytida uni nokaut qilaymi yoki Xukerga o'xshab bo'g'ib qo'yaymi, deb o'ylab turardim.


— U haddan tashqari o'ziga ishonganmidi?

— Ha, u CHendler, Bobbi Grin, Fergyuson kabi "axlat chelaklarini" yutgani uchun o'ziga ortiqcha ishongan. Fergyuson o'z vaqtida zo'r edi, lekin u allaqachon pik formasidan o'tgandi. Agar bu 5-6 yil avvalgi Fergyuson bo'lganida, Peddi yutolmasdi, — dedi Carukyan.


comhttps://media.gettyimages.c ... PxHE= class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ