logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino 6 o'yinda ilk bor "Real"ni mag'lub etdi

 29 YANVAR, 2026, 08:42

Lissabonning "Benfika" klubi boshchiligida Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida "Real" ustidan qozonilgan g'alaba Joze Mourinoning "qirollik klubi" bilan to'qnashuvdagi ilk g'alabasi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 4:2 hisobida "Benfika"ning g'alabasi bilan yakunlandi va jamoa so'nggi pallada turnir pley-off bosqichiga yo'l oldi. Hal qiluvchi golni 98-daqiqada jamoaning ukrainalik darvozaboni Anatoliy Trubin kiritdi.

Bungacha Mourino jamoalari "Real" bilan 5 marta o'ynagan va 4 marta mag'lubiyatga uchrab, bir durang qayd etgan.

Joze "Portu" boshchiligida uch marta madridliklarga yutqazgan va u bilan yagona durangga erishgan. "Manchester Yunayted" boshqaruvida yana bir mag'lubiyat bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ