logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Renn" himoyachisi "Liverpul"ga emas, "Chelsi"ga o'tishga qaror qildi

 28 YANVAR, 2026, 23:12

"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

Topskills Sport UK xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi "Liverpul" va boshqa top-klublarning qiziqishlariga qaramay, "Chelsi"ga o'tishga qaror qilgan. "Ko'klar" va frantsuzlar jamoasi o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Biroq, yanvar oyida bitim tuzish qiyin hisoblanadi. Katta ehtimol bilan, Jake yozda "Chelsi"ga o'tadi.

Jeremi Jake "Renn" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali Jakeni 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ