logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Seni topaman!" - Adrianoning onasini suniy intellekt yordamida aldab, pullarini o'g'irlashdi

 28 YANVAR, 2026, 18:16

Braziliya terma jamoasi va "Inter" klubi sobiq yulduzi Adrianoning oilasi firibgarlar qurboniga aylandi.

Nomalum shaxs suniy intellekt yordamida Adrianoning ovozi va qiyofasini soxtalashtirib, futbolchining onasini 15 ming real (taxminan 2400 evro) miqdoridagi mablag'ni o'tkazib berishga ko'ndirgan.

Bundan g'azablangan "Imperator" ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarga keskin ogohlantirish yo'lladi:

"Bu ablah pullarni qaytargani yaxshi. Seni topaman! Onalar, buvilar va oila azolariga tegmanglar", — dedi Adriano o'z videomurojaatida.

Ko'p o'tmay sobiq hujumchi vaziyatga aniqlik kiritib, ikkinchi videoni joylashtirdi:

"Men bu gaplarni hissiyot ustida aytdim. Gap ona va oila haqida ketganda, odam xavotirga tusharkan. Bu suniy intellekt degan matoh ekan, hatto nima deb atalishini ham bilmayman. Bugun mening onam aldandi, ertaga sizning oilangiz bo'lishi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Xudo u yigitni kechirsin".

Adrianoning onasi voqea yuzasidan policiyaga ariza bergan. Mutaxassislar esa zamonaviy texnologiyalar yordamida qilinayotgan bunday firibgarliklardan ogoh bo'lishga chaqirmoqda.


comhttps://media.gettyimages.c ... lkXw= class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ