logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dyumfris qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

 28 YANVAR, 2026, 14:42

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Denzel Dyumfrisning qaytish muddati haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Jurnalist Paskuale Guarro xabariga ko'ra, Dyumfris ikki hafta davomida umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kerak. Qayd etilishicha, futbolchi 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Lechche"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin. Dyumfris "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi ehtimoli bor (15 fevral), ammo uning maydonga tushishi dargumon.

Joriy mavsumda 28 yoshli Dyumfris barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ