logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kolo-Muani "Yuventus" bo'yicha yakuniy qarorni qabud qildi

 28 YANVAR, 2026, 13:42

"Tottenxem" hujumchisi Randal Kolo-Muani faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishga tayyor.

Frantsuz o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "keksa sinora" sharafini himoya qilgandi, ammo turinliklar futbolchini sotib ololmadi. Sentyabr oyi boshida Kolo-Muanini "shporlar" ijaraga olgandi, biroq so'nggi vaqtlarda OAVda hujumchining Italiyaga qaytishi mumkinligi haqida faol gap-so'zlar yuribdi. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "Yuventus" 27 yoshli futbolchining "Byankonerilar"da yana o'ynash istagiga to'liq ishonmoqda. Qolaversa, agar "Tottenxem" kelishuvga to'sqinlik qilsa, shaxsan o'zi bu transferni talab qilishi mumkin.

Muzokaralar Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi tur o'yinlari yakunlanganidan so'ng, payshanba kuni bo'lib o'tishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali 25 mln evroga baholagan Kolo-Muani hamon "PSJ"ga tegishli.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ