"Chelsi" sobiq himoyachisi Qozog'iston klubiga o'tishga yaqin turibdi
28 YANVAR, 2026, 13:18
"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Kurt Zuma "Qaysar"ga o'tishi mumkin.
Insayder Ivan Karpovga ko'ra, Qozog'iston klubi 31 yoshli frantsuzning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Futbolchi bir mavsum uchun 350 ming evro maosh so'ramoqda (plyus bonuslar). Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Zuma "Chelsi"da birga o'ynagan Viktor Mozesning jamoadoshiga aylanadi.
Zumaning so'nggi klubi "ChFR" bo'lib, u 10 yanvar kuni klubni tark etgandi. Hozirda himoyachi erkin agent maqomida. Frantsuz "Chelsi" safida 2014-2021 yillarda to'p tepgan. London klubi safida himoyachi 151 ta o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
