logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa - "Benfika" bilan o'yin haqida: "Bu erda "Real"ning yangi davri boshlangandi"

 28 YANVAR, 2026, 12:18

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning 2014 yilgi Chempionlar ligasidagi g'alabasini yodga oldi.

"Benfika" stadionida kechgan finalda "qaymoqranglilar" qo'shimcha bo'limlarda hamshahri "Atletiko"dan ustun kelishgandi (4:1). Bu "qirollik klubi"ning eng nufuzli evrokubokdagi o'ninchi g'alabasi bo'lgandi.

Bugun "Real" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida aynan "Benfika"ga qarshi o'sha "Estadio da Lush"da maydonga tushadi.

"O'sha final "Real"ning yangi davrini boshlab berdi. Bu klubimiz tarixidagi eng muhim lahzalardan biri. Ajoyib xotiralar. Umid qilamanki, bu safar ham shu erda g'alaba qozonamiz," - deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ