logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya kubogi. «Komo» «Fiorentina»ni mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi (videosharh)

 28 YANVAR, 2026, 08:06

2025/2026-yilgi mavsum Italiya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida «Fiorentina» hamda «Komo» o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Sesk Fabregas shogirdlari mazkur o'yinda 3:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Florentsiya klubi hujumchisi Roberto Pikkoli hisobni ochdi. 20-daqiqada «Barselona»ning sobiq futbolchisi Serxi Roberto muvozanatni tikladi. 60-daqiqada argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas «Komo»ning ikkinchi golini urdi. 90+1-daqiqada esa ispaniyalik Alvaro Morata o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

Shu tariqa, «Komo» Italiya kubogining 1/4 finaliga yo'l oldi, «Fiorentina» esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Chorak finalda Fabregas shogirdlari «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.

Italiya kubogi, 1/8 final
Fiorentina (Florentsiya) — Komo (Komo) - 1:3
Gollar: 1:0 — Pikkoli (7), 1:1 — Serxi Roberto (20), 1:2 — Nikolas Pas (60), 1:3 — Alvaro Morata (90+1)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ