Humoyun Sultonov Zahradagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi
27 YANVAR, 2026, 19:00
Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov o'z ishtirokini engil g'alaba bilan boshladi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda turkiyalik Koray Kirchiga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6/1 hisobida Sultonov foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning beshinchi geymidan Koray bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib Humoyun 4/1 hisobida oldinda borayotgandi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 581, Kirchi 1040-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Manba: olamsport.com
