Karrasko "Atletiko"ga qaytishni orzu qiladi
27 YANVAR, 2026, 12:30
Hozirda Saudiyaning "Ash-Shabab" klubi sharafini himoya qilayotgan Yannik Karrasko "Atletiko" Madridga qaytishni orzu qiladi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
32 yoshli futbolchi 2015/2023 yillar davomida "matraschilar"ga tegishli bo'lgan. 2023 yilda u Saudiya klubiga 15 million evro evaziga sotilgan.
Hozirda 6 million evroga baholanayotgan belgiyalik vinger "matraschilar" uchun jami 266 ta o'yinda 47 ta gol urib, 45 ta assist bergan.
