logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Verratti Italiya terma jamoasiga qaytishi mumkin

 27 YANVAR, 2026, 12:12

«Al-Duhayl» yarim himoyachisi Marko Verratti Italiya terma jamoasidagi faoliyatini tiklash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

​Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi «Skuadra adzurra» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni milliy jamoaga qaytishga tayyorligi haqida allaqachon xabardor qilgan.

​Verratti terma jamoaga 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining o'tish o'yinlarida yordam bermoqchi. 26 mart kuni bo'lib o'tadigan pley-off yarim finalida Italiya Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'ynaydi. Italiyaliklar g'alaba qozongan taqdirda, ularni Uels — Bosniya va Gertsegovina qarama-qarshiligi g'olibi bilan final uchrashuvi kutmoqda.

​Verratti oxirgi marta 2023 yilning martida Italiya terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. U milliy jamoa safida jami 55 ta o'yin o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ