logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

REKORD! "Flamengo" "Vest Xem" futbolchisini 41 million evrodan qimmatga sotib olmoqda

 27 YANVAR, 2026, 11:48

Braziliyaning "Flamengo" klubi "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketaning transferi borasida kelishuvga erishdi.

"The Athletic" nashrining xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining transfer summasi 41,25 million evroni tashkil etadi. Klublar hozirda to'lov tizimini kelishib olishmoqda va yaqin orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Bu transfer Braziliya chempionati tarixidagi eng qimmat xarid sifatida rekord o'rnatadi. Avvalgi rekord "Kruzeyro"ga tegishli edi — ular "Zenit"dan Jersonni bonuslar bilan birga 30 million evroga sotib olishgandi.

Malumot uchun, Lukas Paketa APL joriy mavsumida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ