logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" sobiq himoyachisi Rafinya "San-Paulu" sport direktori bo'ldi

 27 YANVAR, 2026, 11:42

"Bavariya" va "Shalke" klublarining sobiq himoyachisi Rafinya "San-Paulu"da rahbarlik lavozimini egalladi.

Bugun Braziliya klubi 2025 yilning iyulida faoliyatini yakunlagan 40 yoshli sobiq futbolchini sport direktori lavozimiga tayinlaganini e'lon qildi.

"Men uchun bu chaqiriq. Men tug'ilganimdan beri futbol bilan shug'ullanaman, bu muhitda bo'lishni yoqtiraman va meni "San-Paulu" chaqirsa, bu chaqiriq. Men murabbiylar shtabi va direktorlar kengashi o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'laman, har kuni, mashg'ulotlarda va safarlarda futbolchilar bilan birga bo'laman.

"San-Paulu"ga bog'lanib qolganimni hamma biladi. Men qaytishga va yana yordam berishga tayyorman", - dedi Rafinya.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ