logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dani Alves professional futbolga qaytishi mumkin

 27 YANVAR, 2026, 10:48

“Barselona” hamda Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves professional futbolga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

42 yoshli braziliyalik futbolchi Portugaliyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi “San-Juan-de-Ver” klubi safida to'p tepish variantini o'rganmoqda. Yaqinda Alves ushbu klubning hammulkdorlaridan biriga aylangan va hozirda o'yinchi sifatida faoliyatini boshlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan shug'ullanmoqda.

Manbaga ko'ra, Dani Alves 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida ishtirok etish orzusidan voz kechmagan. Garchi uning musobaqada qatnashish imkoniyatlari juda kamdek tuyulsa-da, u mazkur maqsad sari intilishda davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil bahorida Alves jinoyat ishi bo'yicha oqlangan edi. U mazkur ish doirasida bir yildan ortiq muddat qamoqda saqlangan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ