Golli vaziyat yaratish bo'yicha TOP 5da Mbappe yaqqol peshqadam
27 YANVAR, 2026, 09:00
"Real" forvardi Kilian Mbappe joriy mavsum o'yindan 50ta golli vaziyat yaratdi va Evropaning top-5 ligalarida bu borada peshqadamlik qilmoqda.
Bu borada ikkinchi o'rinni "Atalanta" xavbeki Sharl de Ketelare (44), uchinchi o'rinni "Bavariya" vingeri Olise (43) egalladi.
To'rtinchi pog'onani 42 ta golli vaziyat yaratgan Lamin Yamal ("Barselona") va Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted") bo'lishib turibdi.
6-pog'onadan Nikolo Barella ("Inter," 41) joy oldi. Ettinchi o'rinni 39 ochko bilan Jeremi Doku ("Manchester Siti"), Romano Shmidt ("Verder") va Vinisius ("Real") bo'lishib turibdi. Top-10likni "Barselona" futbolchisi Pedri yakunlab berdi - 38.
