logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" himoyachi transferi bo'yicha kelishib oldi

 27 YANVAR, 2026, 08:48

"Barselona" chap qanot himoyachisi borasida kelishuvga erishdi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "ko'k-anorranglilar" tarkibini urugvaylik Patrisio Pasifiko to'ldiradi.

Kataloniyaliklar 19 yoshli Pasifikoni "Defensor Sporting"dan ijaraga olishmoqda. Kelishuvda 1,8 million evroga sotib olish imkoniyati va bonuslar ko'rsatiladi. Muayyan shartlar asosida sotib olish majburiy bo'lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Patrisio Pasifiko "Barselona B" safida o'ynay boshlaydi.

"Barselona"ning birinchi jamoasi 28 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ