logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arina Sobolenko Australian Open 1/2 finaliga chiqdi

 27 YANVAR, 2026, 08:16

Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Australian Open turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida ilk yarim finalchi malum bo'ldi. Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko 1/4 finalda  WTA reytingida 27-o'rinni egallab turgan amerikalik Iva Yovichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi — 6:3, 6:0.

Uchrashuv 90 daqiqa davom etgan. Belaruslik tennischi 6, amerikalik esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Arina Sobolenkoning yarim finaldagi raqibasi amerikalik Kori Goff va ukrainalik Elina Svitolina o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ