«Jirona» Ter Shtegenni La Ligada ro'yxatdan o'tkazdi (foto)
26 YANVAR, 2026, 23:42
Avvalroq matbuotda "Jirona" "Barselona"dan ijaraga olgan Mark-Andre ter Shtegenni ligada ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Ko'rinishidan "oq-qizillar" bu muammolarni bartaraf qilishgan. 33 yoshli germaniyalik posbon 22-raqamda yangi jamoasida ro'yxatdan o'tkazilgan.
Ter Shtegen mavsum yakuniga qadar "Jirona"da ijarada o'ynaydi. U JCh-2026 oldidan o'yin amaliyoti olish uchun shunday qarorga kelgan.

