logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Endrik braziliyalik futbolchilar orasida TOP 5 chempionatda yangi rekord o'rnatdi

 26 YANVAR, 2026, 23:36

"Lion"ning braziliyalik 19 yoshli hujumchisi Endrik Liga 1 19-turida "Metts"ga qarshi o'yinda uchta gol urib, XXI asrda Evropaning beshta etakchi ligasida o'zining ilk xet-trikini qayd etgan eng yosh braziliyalik futbolchiga aylandi.

Bungacha bu rekord "Barselona" hujumchisi Ronaldoga tegishli bo'lib, u 1996 yil 26 oktyabrda "Valensiya"ga qarshi o'yinda Ispaniya chempionatida uchta gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi g'alabasini ta'minlagandi. O'shanda braziliyalik 20 yoshda edi.

Hozirgacha Endrik "Lion" safida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Madridning "Real" klubi bilan ijara shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi, "Lion" futbolchi maoshining 50 foizini qoplab beradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ