Kerrik va uning shtabi qattiq mehnat qilmoqda
26 YANVAR, 2026, 23:30
"Manchester Yunayted" kecha APL 23-turida safarda peshqadam "Arsenal"ni mag'lub etdi - 3:2.
X ijtimoiy tarmog'ida Sully Talks'ning xabar berishicha, 44 yoshli Maykl Kerrik va uning shtabi bugun futbolchilar dam olayotgan bo'lsa-da, "Arsenal"ga qarshi o'yinni batafsil ko'rib chiqish uchun Karringtondagi bazaga etib kelishdi.
Klubda ijobiy kayfiyat hukmron, barcha e'tibor allaqachon "Fulxem"ga qaratilgan.
London jamoasiga qarshi bahs 1 fevral kuni "Old Trafford"da o'tkaziladi.
