Rasman. "Inter" xorvatiyalik himoyachi transferini e'lon qildi (foto)
26 YANVAR, 2026, 22:30
Leon Yakirovich Zagrebning "Dinamo" klubidan "Inter"ga o'tdi.
18 yoshli xorvatiyalik himoyachining transfer narxi 2,5 million evro + shuncha bonusni tashkil qildi.
Bundan tashqari, Zagrebning "Dinamo" klubi futbolchining kelgusida qayta sotilishidan mumkin bo'lgan summaning 10 foizini o'zida saqlab qoladi.

