logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston futzal terma jamoasi «Indoneziya arena»da mashg'ulot o'tkazdi

 26 YANVAR, 2026, 20:36

Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo kubogi bahslariga start beriladi. Musobaqaning «C» guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk uchrashuvini 28 yanvar kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan soat 19:00 (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) da boshlanadi.

Bugun Nodir Eliboev boshchiligidagi jamoamiz a'zolari Jakarta shahridagi sport majmuasida mashg'ulot o'tkazishdi. Ertalabki nazariy tayyorgarlikdan kelib chiqqan holda bo'lajak raqib o'yin uslubiga qarshi turli kombinatsiyalar, standart vaziyatlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, himoya hamda hujum chizig'i o'rtasidagi bog'lamalar ko'rib chiqildi, boshlang'ich va zaxira to'rtliklar tarkibi yana bir bor ko'zdan kechirildi.

Mashg'ulotlar ko'tarinki, ishchanlik va jangovor kayfiyatda olib borildi. Yigitlarimiz Osiyo Kubogi o'yinlariga ham jismonan, ham ruhan yaxshi tayyorgarlik bilab etib kelishmoqda. Nasib bo'lsa, indin bo'lib o'tadigan birinchi tur uchrashuviga terma jamoamiz chiroyli, hujumkor o'yini bilan muxlislarimizni xursand etadi, degan umiddamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ