"PSJ" Pacho bo'yicha 100 million evrolik taklif olishi mumkin
26 YANVAR, 2026, 14:06
"Real" "PSJ" himoyachisi Vilyam Pachoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, madridliklar yozda futbolchi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Parijliklar Pachoni qo'yib yuborish niyatida emas. Ammo bunday katta summa frantsuz klubi bosslarini muzokaralar stoliga o'tirishga majbur qilishi mumkin.
Vilyam Pacho joriy mavsum "PSJ" safida 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi ikkita gol urdi.
