logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Runi "Arsenal" mag'lubiyatidan so'ng APLning asosiy favoriti kim bo'lishini aytdi

 26 YANVAR, 2026, 13:12

"Arsenal" yakshanba kuni o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga 2:3 hisobida yutqazib, muxlislarni ranjitdi. "Kanonirlar" hamon Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda, "Manchester Siti" va "Aston Villa" esa 4 ochkoga ortda qolmoqda.

Angliya terma jamoasi sobiq forvardi Ueyn Runining fikricha, "Arsenal" chempionlik uchun asosiy da'vogar bo'lib qolmoqda.

"Men hamon "Arsenal"ni chempionlik uchun kurashda asosiy favorit deb bilaman. Ammo Arteta uchun "Liverpul", "Nottingem Forest" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar ogohlantiruvchi signal bo'lishi kerak. Shunga qaramay, o'ylashimcha, "Arsenal" favorit bo'lib qolmoqda," - deya Runining so'zlarini keltiradi BBC.

"Arsenal" oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ