Umar Nurmagomedov: "Sparring sheriklarim Figeyredudan ko'ra qiyinroq bo'lgandi"
26 YANVAR, 2026, 10:32
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov Deyvison Figeyreduga qarshi jang oldidan o'tkazilgan sparringlar haqida gapirdi."Jang og'ir bo'lishini kutgandim, lekin so'nggi oyda sparring sheriklarim — Manel Kape va Magomed Magomedov menga Figeyredudan ko'ra ko'proq qiyinchilik tug'dirdi. Qo'limdan kelgancha harakat qildim, “qotil” kabi jang qilishga urindim. Lekin raqibing jangga kirishmasa, raqobatbardosh jang ko'rsatish qiyin bo'ladi", — dedi Umar jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Manba: olamsport.com
