Pimblett Getji bilan jangdagi hakamlikka munosabat bildirdi
26 YANVAR, 2026, 09:16
Britaniyalik jangchi Peddi Pimblett Jastin Getjiga qarshi jangdagi hakamlar qaroriga munosabat bildirdi.Besh raund davom etgan jangda Getji yakdil qaror bilan g'alaba qozongan edi (48-47, 49-46, 49-46).
"Menimcha, 48-47 — adolatli hisob. Birinchi raundda u qorin qismiga aniq zarba berdi va bu ish berdi. O'sha paytgacha raundni yutdim, deb o'ylayotgandim. Men 31 yoshdaman va bu hali yakun emas — meni yana ko'rasizlar", — dedi Pimblett.
Manba: olamsport.com
