logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik Mourino natijasini takrorladi

 26 YANVAR, 2026, 09:12

"Manchester Yunayted" Londonda "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) bilan futbol jamoatchiligini hayratda qoldirdi.

Brayan Mbeumo, Patrik Dorgu va Mateus Kunyaning aniq zarbalari evaziga "qizil iblislar" "Emireyts"da 3 ochko qo'lga kiritdi. Opta ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" 2018 yil aprelidan buyon ilk marta Premer-liga turnir jadvalining amaldagi peshqadamiga qarshi safar o'yinida uchta gol urdi. Sakkiz yil avval "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (3:2) shunday bo'lgandi - o'shanda jamoani Joze Mourino boshqarayotgandi.

"Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba, shuningdek, "MYu" uchun deyarli besh yil ichida - 2021 yil martidan beri chempionat etakchisi bilan mehmondagi birinchi g'alaba bo'ldi (Ule Gunnar Sulsher qo'l ostida jamoa "Manchester Siti"ni enggan edi - 2:0).

Maykl Karrik 13 yanvar kuni mankunianliklar boshqaruvini o'z qo'liga oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ