En-Nesirining "Yuventus"ga transferi barbod bo'ldi
25 YANVAR, 2026, 22:24
Yussef En-Nesiri "Yuventus"ga o'tmaydi, chunki u "Fenerbahche"ni ijara asosida tark etishni istamayapti.
"En-Nesirida bitim formulasi bo'yicha shubhalar bor va vaziyatni baholaganimizdan so'ng, biz muzokaralarni yakunlangan deb hisoblaymiz. Biz En-Nesirini doimiy ravishda o'z safiga qo'shib olmaymiz," - dedi turinliklar sport direktori Jorjo Kellini.
Avvalroq, forvardni 5 mln evroga 19+3 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish kelishib olingani xabar qilingandi.
