logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. «Barsa» «Ovedo»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana peshqadamga aylandi

 25 YANVAR, 2026, 22:18

Ispaniya chempionatining 21-turida "Barselona" o'z maydonida "Ovedo"ni mag'lub etdi - 3:0.

Gollarga ikkinchi bo'limda Rafinya, Lamin Yamal va Dani Olmo mualliflik qildi.

Kataloniyaliklar ochkolarini 52taga etkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib oldi. Ikkinchi o'rindagi "Real" hisobida 51 ochko mavjud.

"Ovedo" chempionatdagi g'alabasiz seriyasini 14 o'yinga etkazdi - ettitadan g'alaba va durang. 13 ochkoga ega klub turnir jadvalini yakunlab beradi.

Barselona - Ovedo - 3:0
Gollar: Olmo, 52 (1:0). Rafinya, 57 (2:0). Yamal, 73 (3:0)
Barselona: X. Garsiya, Martin (Kunde, 46), E. Garsiya, Kubarsi, Joau Kanselu (Balde, 60), Olmo (Bernal, 75), de Yong, Kasado, Rafinya (Fermin Lopes, 60), Levandovski, Yamal (Bardji, 79)
Ovedo: Eskandel, Lopes, Karmu, Kostas, Axyado (Vidal, 66), Shayra, Kolombatto (Kasorla, 82), Sibo, Xassan (Brekalo, 82), Vinyas (Borbas, 82), Reyna (Fonseka, 66)
Ogohlantirishlar: Martin, 9 - Eskandel, 33. Kostas, 43

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ