Dana Uayt Carukyan Oq uydagi turnirda jang qilishi ehtimoli haqida gapirdi
25 YANVAR, 2026, 19:00
UFC prezidenti Dana Uayt Arman Carukyan UFC White House turniri doirasida jang qilishi mumkinligini inkor etmadi."Men Carukyan bilan faqat salomlashdim. U Oq uyda jang qiladimi? Hozircha bilmayman. Balki", — dedi Uayt.
Oq uy hududidagi turnir iyun oyida o'tkazilishi kutilmoqda.
Carukyan so'nggi jangini noyabr oyida o'tkazgan edi — u o'sha jangning ikkinchi raundida Den Xukerni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan.
Manba: olamsport.com
