logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" himoyachisi operatsiya qilindi

 25 YANVAR, 2026, 18:54

"Tottenxem" himoyachisi Ben Devis to'pig'idan ikkinchi jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

Uels terma jamoasining 32 yoshli futbolchisi bir hafta oldin APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (1:2) 19-daqiqada jarohat oldi: unga kislorod niqobi taqib, zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

Shu tariqa, Devis 26 mart kuni bo'lib o'tadigan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi JCh-2026 saralash pley-off yarim finalida ishtirok etmasligi mumkin.

Shuningdek, himoyachining "Tottenxem"dagi kelajagi ham so'roq ostida - uning "shporlar" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ