logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iroda To'laganova hozirgi o'zgarishlar va o'ziga qaysi mamlakatdan taklif bo'lgani haqida gapirdi

 25 YANVAR, 2026, 18:48

O'zbekiston tennis federaciyasi raisi o'rinbosari Iroda To'laganova rossiyalik tennischilar Mariya Timofeeva, Kamila Rahimova, Polina Kudermetova va Aleksandra Barmichevaning O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

— Faoliyatingiz davrida fuqarolikni o'zgartirish bo'yicha takliflar bo'lganmi?

— Bo'lgan, men top-16 da bo'lgan vaqtimda. Menga Hindiston tomondan murojaat bo'lgan. O'shanda ularda Sanya Mirza hali paydo bo'lmagan edi. Men bu variantlarni ko'rib chiqmaganman, garchi juda yaxshi shartlar taklif qilingan bo'lsa ham. Men O'zbekistonda o'zimni malikadek his qilardim. O'sha payt boshqacha bo'lgan. Agar menda katta turtki bergan homiy bo'lmaganida, balki men ham o'ylab ko'rgan bo'lardim.

Hozir tennischilar fuqarolikni ehtiyoj uchun emas, maqsad uchun o'zgartishadi. Qizlarning asosiy maqsadi — Olimpiadada qatnashish. Rossiyada raqobat juda yuqori. Top-100 da bo'lsangiz ham, Olimpiadaga borish imkoniyati bo'lmasligi mumkin. CHunki oldinda yana olti nafar sportchi bor, Olimpiada limiti esa to'rtta.


— Bu holat Vesna Doloncnikiga o'xshaydimi?

— Ha, xuddi shunday. U ham Serbiyaga pul sababli o'tgani yo'q. Men "o'yinchilarni sotib olishdi" degan iborani yoqtirmayman. Hech kim hech kimni sotmaydi. Biz faqat ularning professional ehtiyojlarini qondirishga yordam beramiz: chiptalar, murabbiylar, kortlar, sparringlar, to'plar — barchasi reja asosida amalga oshiriladi, — dedi To'laganova "Sport-Ekspress"ga bergan intervyusida. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ