logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Azar Mbappe "Oltin to'p"ni qanday qo'lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

 25 YANVAR, 2026, 18:42

Londonning "Chelsi" va Madridning "Real" klublari sobiq yarim himoyachisi Eden Azar Frantsiya terma jamoasi va "qirollik klubi" hujumchisi Kilian Mbappening "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Kilian "Oltin to'p"ni oladi. Buning uchun u Chempionlar Ligasi va La Liga g'olibi bo'lishi kerak. Yoki o'z terma jamoasi bilan mundialda uzoqroqqa borish. Kelajakda u ushbu mukofot sohibiga aylanishi aniq," - deya belgiyalikning so'zlarini keltiradi TF1.

Joriy mavsumda frantsiyalik forvard "qaymoqranglilar" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol va beshta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Mbappening bozor narxi 200 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ