logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Krishtianu yig'lagudek holatda edi". Karanka Mourinyu va Ronaldu o'rtasidagi janjal tafsilotlarini oshkor qildi

 25 YANVAR, 2026, 18:00

Madridning "Real" klubida Joze Mourinyuning yordamchisi bo'lib ishlagan Aytor Karanka portugaliyalik mutaxassis va jamoaning o'sha paytdagi yulduzi Krishtianu Ronaldu o'rtasida kechgan keskin suhbat haqida gapirib berdi.

"Ispaniya Kubogi doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yindan so'ng Mourinyu Krishtianuga tanbeh berdi. Ronaldu esa barchaning ko'z o'ngida, deyarli yig'lagudek holatda unga javob qaytardi: "Men seni shunchalik qo'llab-quvvatlagan edim-a...".

Balki, Joze aynan shunday reakciyani keltirib chiqarish uchun bu ishni qilgandir. Men seni butun kiyinish xonasi oldida koyiyapman, chunki sen mening eng ishongan insonimsan. Joze va biz murabbiylar shtabi sifatida qabul qilgan har bir qaror faqat jamoa manfaati uchun edi", — deya Karankaning so'zlarini keltirmoqda "Marca".

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha "Qirollik klubi"ni boshqargan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ