logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dorgu "Manchester Yunayted"da o'zini qanday his qilayotganini aytdi

 25 YANVAR, 2026, 16:30

"Manchester Yunayted" futbolchisi Patrik Dorgu klubdagi birinchi yili qanday o'tgani haqida gapirib berdi.

2025 yil fevral oyi boshida "qizil iblislar" Italiyaning "Lechche" klubidan hujumda o'ynay oladigan universal qanot futbolchisini sotib oldi. Transfer summasi 30 mln evroni tashkil etgan.

"Bir yil - etarlicha uzoq muddat va hozir "Manchester Yunayted" va Angliyada o'zimni qulay his qilayotganimni aytishim mumkin. O'ylaymanki, bu davr men uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ko'p narsani o'rgandim, o'yin mahoratimni ancha oshirdim. Shunchaki baxtli bo'lish, ishlashda davom etish va har bir o'yinda yaxshiroq bo'lish kerak," - deya Dorguning so'zlarini keltiradi UtdDistrict.

Bugun Maykl Kerrik jamoasi Londonning "Arsenal" klubi mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ