logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jokovich 70-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlari 1/8 finaliga chiqdi. Bu rekord!

 25 YANVAR, 2026, 14:32

Dunyoning to'rtinchi raketkasi Novak Jokovich Melburnda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.

Serbiyalik afsona Australian Open turnirining uchinchi davrasida ATP reytingida 75-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Botik van de Zandshulpni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvlaridan so'ng Novak hisobda oldinga chiqdi - 2:1.  

Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 11, van de Zandshulp 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Novak Australian Open turnirlaridagi ishtiroki davomida o'zining 102-g'alabasini nishonladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u shveycariyalik afsona Rojer Federerga tenglashib oldi.

Bundan tashqari, serbiyalik tennischi aynan Rojerga tegishli bo'lib kelgan yana bir rekordni yangiladi. Novak faoliyati davomida 70-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlari 1/8 finaliga chiqdi. Endi Avstraliya Ochiq chempionatining 10 karra chempioni 1/8 finalda amerikalik Itan Kuinndan ustun kelgan chexiyalik Yakub Menshikka qarshi bahs olib boradi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ