"Barselona"ning 4 futbolchisi o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
25 YANVAR, 2026, 13:36
"Barselona"ning "Real Ovedo"ga qarshi bo'lajak o'yinini aniq kimlar o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.
COPE’ning ta'kidlashicha, o'yindan oldingi mashg'ulotlarda "Barselona"ning to'rt nafar futbolchisi - Pedri, Gavi, Ferran Torres va Andreas Kristensen ishtirok etmagan. Qolgan barcha o'yinchilar tayyor.
Bugun, 25 yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 21-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real Ovedo" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bahs 20:15'da start oladi.
