Mbappening gollari – «Real»ning g'alaba kaliti
25 YANVAR, 2026, 13:06
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe yana gol urib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Shanba kuni 27 yoshli futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi va bellashuv "qaymoqranglilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi (2:0).
Qizig'i shundaki, Mbappe kamida bir marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan 21 ta o'yinning 19 tasida "Real" g'alaba qozongan. Frantsiyalik yulduz gol urmagan 11 ta bellashuvda esa jamoa bor-yo'g'i to'rt marta yutgan, ikki bor durang o'ynagan va besh marta mag'lub bo'lgan.
"Real" La Liga turnir jadvalida 51 ochko bilan peshqadam, ammo ikki ochkoga ortda qolayotgan "Barselona" 21-turdagi uchrashuvini hali o'tkazmagan.
Kilian Mbappe chempionat to'purarlari poygasida etakchilik qilmoqda — u 20 ta o'yinda 21 ta gol urgan.
