logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn "Bavariya"ning sensatsion mag'lubiyatiga izoh berdi

 25 YANVAR, 2026, 13:06

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Bundesligada "Augsburg"ga (1:2) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'limda normal o'ynadik. O'ylaymanki, haqli ravishda oldinga chiqib oldik, ammo yana gol urishimiz mumkin edi. So'nggi zarba, so'nggi pasda muammolar yuzaga keldi va raqiblar darvozaboni bir nechta yaxshi seyvlarni amalga oshirdi. Hisob 1:0 bo'lsa, raqib istalgan vaqtda jazolashi mumkin. Tanaffusdan so'ng bizga energiya etishmadi, to'pna egalik qilishda oldingi harakat yo'q edi. Bosimni kuchaytirgan va bizga muammolar tug'dirgan "Augsburg"ga faqat qoyil qolishimiz kerak," - dedi Keyn intervyuda.

"Bavariya" hamon turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Dortmundning "Borussiya" klubini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ