logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kovach: «Chiroyli o'yin ko'rsatganimizda g'alaba qozonishimiz dargumon edi»

 25 YANVAR, 2026, 12:54

Germaniya Bundesligasida Dortmundning "Borussiya" klubi safarda Berlinning "Union" klubini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Asalarilar" ustozi Niko Kovach uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu o'yinni chiroyli deb bo'lmaydi, sovuq ob-havo bo'ldi. Agar biz bunday sharoitda chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qilganimizda, g'alaba qozonishimiz dargumon edi. Biz uchun muhimi - natija. Biz uch ochko to'pladik, hammasidan mamnunman," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Bulinews.

Dortmundliklar 42 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Kovach shogirdlari peshqadam "Bavariya"dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ