logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mastantuono "Vilyarreal"dagi hamyurtini qo'llab-quvvatladi

 25 YANVAR, 2026, 12:48

"Real"ning argentinalik vingeri Franko Mastantuono o'tgan o'zaro o'yinda jarohat olgan "Vilyarreal" himoyachisi Xuan Foytni qo'llab-quvvatladi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Foyt jarohat oldi. Argentinalik futbolchining axill bilan bog'liq muammosi bor, shu sababli u bo'lajak jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin, degan shubha bor.

Foyt maydonni zo'rg'a tark etayotgan paytda uning yoniga hamyurti Mastantuono yugurib keldi. "Real" futbolchisi sherigini mehr bilan quchoqlab, qo'llab-quvvatlovchi so'zlar aytdi.

Ispaniya La Ligasining 21-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Real" uchrashuvi 0:2 hisobida yakunlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ